Back

ⓘ Akmal Ikromov. Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshli ..



Akmal Ikromov
                                     

ⓘ Akmal Ikromov

Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur organgan. Toshkent shahrida oqituvchi 1918-1919, "Izchillar todasi" va "Chigatoy gurungi" azosi, Elxon taxallusi bilan sherlar yozgan. Namangan, Fargona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat korsatgan 1919-1921. Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik bolimi mudiri 1921-1922. Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat NEP ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Ozbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi 1929-yil dekabr - 1937-yil sentabr. 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qomitasi azosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qomitasi Prezidiumi azoligiga nomzod. OzSSR Markaziy Ijroiya qomitasi Prezidiumi azosi 1925-1937.

A. Ikromov 1919-1924-yillarda imkoniyati doirasida ozbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Ozbekistonda qishloq xojaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oz faoliyati davomida Orta Osiyo byurosi va Markazning korsatmalariga amal qilishga majbur bolgan. 1925-1927-yillarda on sakkizlar guruhi, inogomovchilikka qarshi goyaviy kurash olib borgan. Ozbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni "burjua millatchiligi" da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik goyadan chekinmagan bolsa-sa, mustabid tuzum qatagonchilari uni ayab otirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi "Ong trotskiychi blok" deb atalgan ish boyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni bolib yuborish, jumladan, Orta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblandi va otib tashlandi.

1957-yil 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik kochaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali ornatilgan.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →