Back

ⓘ Sunniylik - islom dinidagi 2 asosiy yonalishdan biri va keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Ska mansub. S. tarafdorlari, asosan, Os ..



                                               

Ibodiylar

Ibodiylar, abodiylar - xorijiylar jamoalaridan biri, 7-asr ning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Iboz izdoshlari. Ular oz qozgolonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hoz. Shim. Afrikada, Ummon, Zanjibarda I. jamoalari bor. I. diniy-siyosiy karashlari asosini imomat haqidagi talimot tashkil etadi. Ular yagona imomat goyasini qatiy qilib qoymasalarda, bir vaqtning ozida musulmon olamining turli joylarida bir necha imomlar bolishi mumkin, deb hisoblaganlar. I. ning qarashlarida sunniylar va mu-taziliylarning aqidaviy goyalari oz ifodasini topdi. I. odamlarnin ...

                                     

ⓘ Sunniylik

Sunniylik - islom dinidagi 2 asosiy yonalishdan biri va keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Ska mansub. S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada, Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.

Islom dastlabki davrda hech qanday yonalish, mazhab va oqimlarga bolinmagan. 7-asrning ortalarida turli siyosiy sabablarga kora, musulmonlar safida bolinish paydo boldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular ozining haqligini isbot qilish uchun oz fikrini, yonalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oziga xos aqidasi shakllana bordi.

S boyicha Abu Hanifa Imomi Atm ning "alFiqh alakbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yonalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan etirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gaqiqat va mohiyati bor narsa bolib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari - beshta sezgi azolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oziga xos azaliy va abadiy kopgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, korish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham ozi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari kop. Hadisda 99 ta gozal ismlari zikr etilgan qarang al-Asmo al-husno. 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yollarini korsatib qoygach, adashgan va kufr yolini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yolidan asrab qolsa - bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 7. Paygambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi bazi hadis va rivoyatlarda korsatilgan bolsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maqul. Paygambarlarning birinchisi - Odam, oxirgisi - Muhammad. 8. Paygambarlarning mojizalarini haq deb etiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni - imon kalimasi, namoz, roza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharan taqiklangan ishlarga qol ursa qattiq gunohkor bolishi, lekin kofir bolmasligini tasdiq etish. 10. Imon - Muhammad Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va malumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni kop qilganda imon nuri kopayib, gunoh ishlarni kop qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k.

S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab mavjud. S. islomda ananaviy etiqod yoli deb etirof etilib kelgan.

S. bilan shialik ortasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va ananalarda birmuncha tafovutlar bor. Ozbekistonda, asosan, Ska etiqod qilinadi.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →