Back

ⓘ Ochiq jamiyat va uning dushmanlari Avstriyalik fan faylasufi Karl Raymund Popperning siyosiy falsafaga bagishlangan kitobi bolib, unda faylasuf ozining ochiq ja ..



Ochiq jamiyat va uning dushmanlari
                                     

ⓘ Ochiq jamiyat va uning dushmanlari

"Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" Avstriyalik fan faylasufi Karl Raymund Popperning siyosiy falsafaga bagishlangan kitobi bolib, unda faylasuf ozining "ochiq jamiyat" togrisidagi goyalarini, shuningdek, "uning dushmanlariga" nisbatan fikrlarini ilgari surgan. Kitobning asosiy goyasi tarixiy taraqqiyotning muqarrar ravishda yakka rivojlanish ozanidan kechishini davo qiluvchi teleologik tarixiychilik metodiga qarshi fikrlar atrofida aylanadi.

Muallif Platon, Gegel, va Marksning ishlarni tanqid qiladi, ularning asarlarini teleologik tarixiychilik nazariyalari deb ataydi, va ularni totalitarizmning mafkuraviy asosini yaratishda ayblaydi.

                                     

1. Asar mohiyati

Asarda Popper tarixiychilikni tanqid qiladi, hamda ochiq jamiyat va liberal demokratiya qadriyatlarini himoya qilib chiqadi. Asarning birinchi jildiga Platon jodusi deb nom berilishi, Popperning qarashini, yani asrlar davomida Platonning asarlarini tarjima va talqin qilgan kopchilik mutafakkirlarning Platonning buyukligi va takrorlanmas uslubidan sehrlanib qolganidan dalolat beradi. Bu ish bilan muallif kopchilik tarjimon va talqinchilarning Platonning siyosiy falsafasining maftunkor uslubi va ifoda sanatiga jodulanib, mazkur falsafaning ota xavfli totalitarizmga yonaltiruvchi jihatlarini etiborsiz qoldirganligini korsatmoqchi boladi.

Popper Platonning ijtimoiy jarayonlar va noroziliklarning tahlilini olqishlaydi, uni buyuk sotsiolog deb ataydi, biroq uning yechimlarini inkor etadi. Bu Popperning Platon davrida endigina shakllanib kelayotgan Afina demokratiyasining gumanitar ideallarini ozining ardoqli "ochiq jamiyatining" boshlangich kurtaklari deb hisoblashi bilan bogliq. Platonning demokratiyaga nisbatan nafrati, deb yozadi Popper, "uni yolgonchilikni, siyosiy mojizalarni, taqiqchi irimchilikni himoya qilishiga, haqiqatni yashirishiga va nihoyada zoravonlikka" olib keldi. Popperning fikricha, Platonning tarixiy goyalari liberal demokratiyalar olib kelishi mumkin bolgan ozgarishlardan qorquv bilan harakatga keltirilgan. Oqsuyak va Afinaning bir vaqtlardagi diktatori Kritiasning qarindoshi sifatida Platon, Popperning nazdida, oz zamondosh oligarxlariga nisbatan xayrixoh va omma vakiliga nisbatan bepisand bolgan. Popper, shuningdek, Platon ozining shuhratparastligi qurboni bolgan, deb ham taxmin qiladi va bunga Platonning ozini oliy faylasuf-podsho sifatida tasavvur qilganligi sabab bolgan.

Asarning ikkinchi jildi Soxta-paygambarlar davri: Gegel, Marks va Yakun deb nomlanadi. unda Popper Gegel va Marksni tanqid qiladi va ularning goyalarini Aristotelga taqaydi. Popper aynan Aristotel goyalarini XX asr totalitarizmining dastlabki kurtaklari sifatida koradi.

Mazkur kitob rus tiliga 1992-yilda tarjima qilingan. Kitobning ruscha nashriga sozboshisida Popper yozadi:

Bu kitobni yozishga Gitlerning vatanim Avstriyaga bosqinini eshitgan kunim qaror qabul qildim. Stalin shaxsi esa meni yana Karl Marks falsafasini qayta korib chiqishga undadi. Marksizmni tanqid qila turib, men qaysidir darajada ozimni tanqid ostiga oldim, chunki yoshligimda bir qancha muddat davomida marksist, hattoki kommunist ham bolganman. Lekin, bu talimotdan yuz ogirganimda hali 17 yoshga ham tolmagan edim.

Mazkur asarning ozbekcha tarjimasi hali yaratilmagan.

                                     

2. Kitobning qabul qilinishi va tasiri

Popperning mazkur kitobi Ikkinchi jahon urushidan keyingi Garb liberal ananalarining eng kozga koringan va kuchli himoyalaridan biri sifatida ardoqlanadi. Mashhur ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" ni "birinchi darajali ahamiyatga ega asar", va "demokratiyaning kuchli va zabardast himoyasi" deb atagan. Jorj Soros tomonidan yaratilgan Ochiq Jamiyat Fondi oz nomini ham, maqsad va dasturlari bilan ham Popperning kitobi oldida qarzdordir.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →